Angliya osmonidagi janglarda dushmanning 22 samolyotini urib tushirgan ingliz uchuvchisi Duglas Beyderning oʻzi Fransiya hududida urib tushirildi va asirga olindi. Nemislar uchuvchining jasoratiga qoyil qolib, uni ofitserlar gospitaliga joylashtirdilar. Bundan xabar topgan inglizlar gospital hududiga Duglas uchun joʻnatma tashladilar, nemislar esa uni egasiga topshirishdi. Joʻnatma tarkibida hech qanday hiyla boʻlmasa-da, u soʻzning toʻgʻri maʼnosida uchuvchining qochishiga yordam berdi. Toʻgʻri javob berishingizga mashhur sovet adabiy asari xalaqit beradi. Joʻnatmada nima bor edi?