"Fiziklar hazillashadi" turkumidan. Eksperimental fizika va matematik statistikaning tantanasi — xaos elementlarini oʻz ichiga olgan 22 ta oʻta murakkab tizim yordamida ideal boʻlmagan elastik sferaning cheklangan uch oʻlchamli quyi fazoga tushishini miqdoriy baholash boʻyicha murakkab tajriba, hatto tayyorgarliksiz shaxslar tomonidan, tegishli uskunalar va inshootlarsiz, lekin baʼzan yetarli samaradorlik bilan ommaviy miqyosda oʻtkazila boshlandi. Endi uni koʻpincha shunchaki... Qaysi soʻz bilan atashadi?