2003-yil 22-avgustda Braziliyada falokat yuz berdi: start maydonchasida qoʻzgʻalmas holatda turgan raketaning dvigatellaridan biri nomaʼlum sabablarga koʻra ishga tushib ketdi. Undan chiqqan olov qoʻshni dvigatellarni ham yoqib yubordi va bir necha soniyadan soʻng raketa portlab ketdi. Qiymati 6,5 million dollar boʻlgan raketa va sunʼiy yoʻldosh yoʻq qilindi, 21 nafar yetakchi mutaxassis halok boʻldi. Komissiya aniqlashicha, falokatga dvigatellardan birining oʻt oldirish tizimiga ruxsatsiz berilgan elektr razryadi sabab boʻlgan. Ehtimol, halok boʻlganlardan biri nimadir qilishni unutgan. Aynan nimani? Umid qilamizki, bu yerdagilar haqida bunday deb boʻlmaydi.