Yaqinda "Komsomolskaya pravda" gazetasi Rossiya futbol premyer-ligasida legionerlar koʻpayib ketganidan xavotir bildirilgan maqolani chop etdi. Undagi xorij fuqarolari soni 219 kishiga yetdi. Ulardan 108 nafari uzoq xorijdan, asosan Afrikadan, 111 nafari esa MDH davlatlaridan. Biroq, ushbu maqolaning sarlavhasi muallifga futbolchilarni emas, balki Vyacheslav Pleve, Nikolay Markov, Aleksandr Dubrovinnni eslatdi. Hurmatli bilimdonlar, ushbu maqolaning sarlavhasini tashkil etuvchi ikki soʻzni yozing.