Qadimgi Xitoy afsonasiga koʻra, miloddan avvalgi 2136-yilda bir ajdarho tushlik qilmoqchi boʻladi. U oʻz oʻljasini to toʻliq yutib yuborguncha sekin-asta yuta boshlaydi. Ammo xitoyliklar nima qilishni bilishardi. Ular baland ovozda nogʻora chala boshlashdi, karnay chalishdi, qarsildoqlar bilan shovqin solishdi... Va ajdarho oʻljasini qoʻyib yubordi. Xoʻsh, u nima yeyayotgan edi?