gotquestions.online

Yozuvchining 1867-yil 21-mayda Germaniyaning Xomberg shahridan rafiqasi Anna Grigoryevnaga yozgan xatidan: "Aziz farishtam! Soat uchun garov pullarini deyarli yutqazib qo‘ydim, hozir menda jami yigirma besh florin bor, mehmonxonada hisob-kitob qilishim, yo‘l uchun to‘lashim kerak. Eshit: menga darhol, ushbu xatni olishing bilan yigirmata imperial yubor. Erta-indin mehmonxonada hisob-faktura berishadi va agar sendan hali pul kelmasa, xo‘jayin politsiyaga borishi mumkin. Meni bu azobdan qutqar. Geografik joylashuvi va aholi soni bo‘yicha Xomberg shahri Visbaden shahridan ustun turadi. Biroq, harakati bo‘yicha Frankfurt shahridan ortda qoladi. P.S. Xudo haqi, pul bilan shoshil. Biror narsani garovga qo‘y". Biz ushbu xatga qo‘shimcha kiritdik, unda o‘z navbatida geografik nomlar o‘zgartirilgan. Ushbu qo‘shimcha tufayli sizga bu xat qanday imzolanganiga javob berish osonroq bo‘lishi mumkin.

Manba