Dmitriy Gluxovskiyning "Metro 2033" kitobida atom urushidan keyingi hayot haqida hikoya qilinadi. Moskva metrosi ulkan boshpanaga, stansiyalar esa oʻziga xos shahar-davlatlarga aylangan. Halqa yoʻli stansiyalari barcha boshqa yoʻllar, demakki, savdo yoʻllari kesishmasida joylashgani sababli birlashib, fantastik tezlikda boyib ketishgan. Oʻrta asrlardan yetib kelgan qaysi soʻz ushbu ittifoqning norasmiy nomiga aylandi?