2025-yil 2-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning sobiq ichki ishlar vaziri Suella Braverman LBC radiosidagi intervyusida Italiyaning noqonuniy migrantlarga qarshi choralarini maqtab, ular Turkiya bilan chegarada devor qurishganini taʼkidladi. Braverman xonim bu devorni borib koʻrganini ham aytib oʻtdi. Bu intervyu Buyuk Britaniyada koʻplab bahslar va hazillarga ham sabab boʻldi. Diqqat savol: Suella Bravermanning soʻzlariga javoban ijtimoiy tarmoqda tarqalgan shiorni ingliz yoki oʻzbek tilida 4 soʻz bilan yozib bering.
Make Geography Great Again yoki Geografiyani yana buyuk qilaylik