2024 yil boshida Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati nimchorak finali uchrashuvlaridan biri Saudiya Arabistoni – Janubiy Koreya uchrashuvini sharhlayotgan sharhlovchi stadionda arabistonlik muxlislar koreyalik muxlislardan koʻpligini, ammo koreyaliklar sifatli muxlislik qilayotganini taʼkidlaydi. Shunda sharhlovchi telefoniga boshqa sharhlovchidan kelgan xabarni oʻqib beradi: saudiyaliklar son jihatdan ustun, koreyaliklarda X ustun. Diqqat savol: X ni yozib bering.