2024-yil bahorda, Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtgan hunarmandchilik festivalida ogʻirligi 80 kilogramm keladigan lagan, uzunligi 4.7 metr boʻlgan yelkanli kema, yoki eni 21 metr keladigan soʻzana kabi antiqa mahsulotlar mehmonlarga namoyish etildi. Namoyish etilgan mahsulotlar orasida, bir koʻrsatkichi xoʻjalikda ishlatiladigan odatiy turidan 20 baravar, yoki biroz kattaroq bayramlarda foydalaniladigan turidan 10 baravar koʻproq boʻlgan IKS ham bor edi. Savol: IKSni bir hil harfdan boshlanadigan uch soʻzda yozib bering.