2023-yil yoz oylarida "qora tanlilar" safidan chiqib "shaharlik"ka aylangan ushbu futbolchi, inglizlar uchun yangi sehrli tayoqcha sifatida qabul qilingan edi. Ammo u 11-raqamga loyiqligini hozircha isbotlay olmayapti. Diqqat savol: 2002-yil Antverpenda tugʻilgan bu futbolchining familiyasini ayting. || 9-sentyabr ''Xalqaro U kuni'' sifatida nishonlanadi. U bilan bogʻliq rekord amerikalik Tomas Snayderga tegishli boʻlib, 2006-yil 20-mayda oʻrnatilgan va 1 minut 23.93 sekundga teng. Uni yozib bering. || Ushbu termin Meydzi davrida (1868-1912) yuzaga kelgan va "biron narsani keyinga qoldirib ketish" va ''kitob oʻqish'' soʻzlaridan kelib chiqqan. Bu fenomenni koʻproq bibliomaniya bilan bogʻlash mumkin. D/s: ushbu terminni oʻzbekcha boʻlmagan soʻzda yozib bering.