2022-yilda Rossiya Ukrainaga nisbatan harbiy operasiyasi boshlanganidan 1 oy oʻtib, AQSh prezidenti Varshavaga tashrif buyuradi va urush hududidan 60 km uzoqlikda NATO askarlari bilan uchrashadi. Varshavada nutq soʻzlar ekan, Jo Bayden AQShning yordami bilan Ukraina askarlari Rossiya askarlari egallab olgan hududlarga qarshi hujumga oʻta boshlaganligini aytadi. Ushbu maʼlumotlar keltirilgan Kun.uz sayti maqolasi 1928-yilda ilk bor nashr etilgan asar nomidan bir soʻzga farq qiladi. Diqqat savol: Oʻsha maqola nomini yozib bering.