zakovatklubi.uz

2021/22-yil mavsumining 13-yanvar oqshomida boʻlib oʻtgan Angliya liga Kubogi yarim finalida Liverpul hamda Arsenal jamoalari oʻzaro toʻqnash kelishadi. Enfildda kechgan bahsning birinchi choragidanoq Arsenal jamoasi bir kishi kam boʻlib qoladi. Natijada oʻyinning aksar qismi mersisaydliklarning xujumlari hamda ustunligida oʻtsada, oʻyinda hisob ochilmaydi. Liverpul futbolchilari juda koʻplab qulay vaziyatlarni boy berishadi. Ayniqsa, yaponiyalik futbolchi Takumi Minamino bir nechta yaqqol gol urish imkoniyatlaridan foydalana olmagach, oʻyin sharhlovchisi Konstantin Genich uning familyasini biroz oʻzgartirilgan talqinda, oʻziga xos tarzda tarif beradi. Diqqat savol: rus tilidan bilimlaringizni ishga solgan holda, futbolchining oʻzgartiligan familyasini aniq yozib bering.

Manba