Diqqat, ushbu savolda ALFA soʻzi bilan alifboning qoʻshni harflari bilan boshlanadigan ikki soʻz almashtirilgan. 2020-yil sentyabr oyida internetda Jo Baydenga saylovoldi debatlari paytida yordam berib turilgani haqida taxmin paydo boʻldi. Buni taʼkidlagan odamlar Baydenning oʻzgargan ALFAsiga ishora qilishgan. Boshqa bir insonning ALFAsi mashhur nazariya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Ushbu insonni ayting.