2018-yilda Buyuk Britaniyada iqlim oʻzgarishiga qarshilik koʻrsatish, ekologiyani qayta tiklash maqsadida tashkil etilgan ekologik harakat boʻlib oʻtadi. Harakat aʼzolari 2019-yilda ushbu musiqiy asarni oʻz nomlariga mos ravishda yangicha nomlashadi. Ushbu musiqiy asar fashistik Germaniya va Italiyaning bosqinchi kuchlariga qarshi kurashgan qarshilik harakatining madhiyasiga aylangan edi. Diqqat! Siz bizga ushbu musiqiy asarning anʼanaviy nomini emas, Buyuk Britaniyadagi ekologik harakat nomlagan yangicha koʻrinishini yozib bering.