2016-yilda ulyanovsklik Taliya Aybedullina Samara vakili Anastasiya Nesterova, Tolyatti vakili Anastasiya Yermakova, Qozon vakili Valeriya Timkina va yana bir necha raqiblarini ortda qoldirib, ALFAGA aylandi. 1960-yillarda esa gʻarbiy gazetalarda xonanda Lyudmila Zikinani ALFA deb atashgan. ALFA soʻzi bilan qaysi ikki soʻz almashtirilgan?
Miss Volga. Liberal hisob: miss, missis, qirolicha, goʻzal va h.k. maʼno boʻyicha, lekin Volga eslatilishi shart.