2015 yilda Rossiyada Uning nomidagi mukofot joriy etilib, oʻzida paranormal qobiliyat borligini maxsus tajribalarda ilmiy jihatdan isbotlab bera olgan istalgan kishiga 1 mln rubl berilishi belgilangan. Masalan, turli rasmlarga qarab rasmdagi shahs hozirda tirik yoki oʻlikligini aniqlash, konvert ichida berkitilgan soʻzlarni topish, bir qancha shirma ortida ayol yoki erkak borligini topib tajribadan oʻtganlarga mukofot berilishi mumkin. Tabiiyki, shu kungacha hali hech kim bu mukofotga sazovor boʻlmagan. Mukofotga nomi berilgan shahs esa oʻz vaqtida AQSh prezidentidan ham ikki barobar koʻp daromad qilishi aytilgan va oʻlimidan soʻng maxsus bronza qutida dafn qilingan. Diqqat savol: Mukofotga kimning nomi berilgan?