2015-yilda Angliyada oʻtkazilgan Regbi boʻyicha Jahon chempionatining B-guruhida Shotlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari toʻqnash kelishadi. Sent-Jeyms Park stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda yuzaga kelgan vaziyatlarning biridan soʻng, hakam Nayjel Ouens Shotlandiya jamoasi azosi Styuart Hogga yana bir bor shunday holat takrorlansa Hog oʻyinni tark etib, ikki haftadan keyin kelishi mumkinligini taʼkidlaydi. Diqqat savol: Styuart Hog bunday ogohlantirish olishiga sabab boʻlgan holatni BIR LOTINCHA SOʻZDA yozib bering.