Armaniston futbol federatsiyasi JCh-2014 saralash turniri doirasidagi Armaniston va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan "Razdan" stadioniga olib kirish taqiqlangan buyumlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga: qurol, pirotexnika, sanchiluvchi, kesuvchi buyumlar, hayvonlar, yog‘och va temir bayroq ustunlari, alkogol ichimliklar, shishalar, haqoratli poster va bannerlar, trubalar, lazer ko‘rsatkichlari, vuvuzelalar, shuningdek, g‘alati bo‘lsa-da, IKSLAR kiritilgan. Kamida bitta IKSsiz o‘yin o‘tkazilishi mumkin emas. Bolalar she’rida IKS "quvnoq" va "shovqinli" deb atalgan. IKSni ayting.