2013-yilda eronlik kinorejissyor Muhammad Rasulof tomonidan ishlangan filmda voqealar yozuvchi va uni taqib qilayotgan hukumat agenti atrofida yuz beradi. Yozuvchi bir necha yil oldin hukumat tomonidan ziyolilar ketayotgan avtobusni yoʻq qilish operatsiyasi haqida yozgan edi va uni chop qilishga urinmishi, agent esa bunga yoʻl qoʻymasligi kerak edi. Film nomi oʻzbek tilida ikki soʻzli mashhur ibora bilan nomlangan boʻlib, bu iborani ilk bor oʻtgan asrning 60-yillarida chop etilgan romanda uchratish mumkin. Savol: Film nomini yozib bering.