2013-yilda Meksikaning Oaxaka shahri xavfsizlik xizmati gʻayritabiiy tajriba oʻtkazdi. U yigirmata xodimni ishga yolladi, ularning vazifasi shaharning gavjum joylariga oʻrnatilgan yuzlab kameralar yordamida yoʻlovchilarni kuzatishdan iborat edi. Tajriba natijasida oʻnlab avtomobil oʻgʻrilari, narkosavdogarlar va boshqa qonunbuzarlar aniqlandi. Ushbu tajriba uchun xodimlar qaysi tamoyil asosida tanlab olingan edi?