2012-yilda SYBO kompaniyasi tomonidan yaratilgan USHBU OʻYIN yaratuvchilari oradan bir yil oʻtib dunyo boʻylab sayohatni boshlashdi. Yaʼni, har bir mavsumda biror katta shahar tanlanib, oʻyindagi dekoratsiya va fon shu shaharga muvofiq chizilgan boʻladi. Masalan, oʻyinning Nyu-Yorkdagi versiyasida relslar qahramonni osmonoʻpar binolar va Ozodlik haykali oldidan olib oʻtadi. Savol: Oʻyin nomini inglizcha bir xil harflardan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering