Diqqat, saylovlar! Qarshingizda — 2012-yilda AQSh prezidenti saylovlari vaqtida amerikaliklarga berilgan ovoz berish byulletenining nusxasi. Bu yerda “hammaga qarshi” grafasi yoʻq. Ammo boʻsh grafa bor, u yerga saylovchi istalgan ismni yozishi mumkin. Norasmiy anʼanaga koʻra, “hammaga qarshi” ovoz beruvchi ayrim amerikaliklar ushbu grafaga baʼzan bu qahramonning ismini yozishadi, baʼzan esa shunchaki rasmini chizishadi. Siz ham ushbu qahramonni tasvirlashga harakat qiling.