2012-yilda bir guruh gollandiyalik arxitektorlar «Alphabet Building» – «Alifbo uyi» deb nomlangan ofis binosini loyihalashtirishdi. Binoning fasadidagi derazalar lotin alifbosi harflari shaklida ishlangan: to'rt qavat va har birida oltitadan deraza – jami 24 ta harf tashqarida. To'liq alifbo bo'lishi uchun ikkita harf yetishmaydi. Bular qaysi harflar? Nima uchun arxitektorlar aynan ularni joylashtirmaslikka qaror qilishgan? Aytgancha, bu g'oya menga juda yoqdi.