2012-yil noyabr oyida plyaj futboli bo‘yicha Qit’alararo kubok finalida Rossiya va Braziliya terma jamoalari to‘qnash kelishdi. Vaziyatlardan birida rossiyalik Yuriy Krasheninnikov darvoza tomon juda kuchli va aniq zarba berdi, biroq braziliyaliklar darvozaboni Leandro ushbu qiyin to‘pni qaytardi. Ushbu vaziyatni sharhlar ekan, Grigoriy Tvaltvadze «Leandro BUNI QILDI» dedi. Biz «BUNI QILISH» so‘zlari bilan qaysi ikki so‘zni almashtirdik?