zakovatklubi.uz

2010 yilda Rossiya Prezidenti Dimitriy Medvedov AQShga safari chogʻida ushbu iborani ishlatadi. AQSh rasmiysi oʻz tvitter sahifasida Medvedovning xazili unga yoqqanligini aytib oʻtadi. Ibora “Komando”, “Ranning men”, “Murosasiz”, “Egizaklar” kabi filmlarda turli shakllarda ishlatilgan boʻlsa, “Rembo 2”, “Sarguzasht izlashda”, “Simpsonlar” kabi filmlarda parodiya shaklida ishlatilgan. Savol: Oʻsha iborani oʻzbekcha boʻlmagan soʻzlarda yozib bering. || 2010 yilda Rossiya Prezidenti Dimitriy Medvedov AQShga safari chogʻida yuqorida biz soʻragan iborani va qoʻshimcha ravishda ikkinchi iborani ishlatadi. Ikkinchi ibora ilk bor amerikalik qoʻshiqchi Jodi Uotlining 1987 yili yaratilgan “Looking for a New Love” taronasida ishlatilgan. Savol: Ikkinchi iborani oʻzbekcha boʻlmagan soʻzlarda yozib bering. || Versiyalardan biriga koʻra 1946 yilda AQSh prezidenti Garri Trumen bilan Oq uydagi uchrashuvdan keyin, Buyuk Britaniyalik nufuzli siyosatchi jurnalistlar qurshovida ilk bor ushbu iborani ishlatadi. Shuningdek, U bu ibora aslida amerikalik diplomat Samner Uyellsga tegishli ekanligini kamtarona tushintiradi. Savol: Ushbu iborani oʻzbekcha boʻlmagan soʻzlarda yozib bering.

Manba