Ushbu savolda ULAR soʻzi boshqa bir soʻzning oʻrnida qoʻllanilgan. Zombi-xorrorga oʻxshash bir satirik oʻyinda narsalarni joylashtirish kerak boʻladi. Bu jarayonni qahramonning oldiga savollar bilan yugurib keladigan odamlar doimiy ravishda boʻlib turishadi. Oʻyin «ULARning kechasi» deb ataladi. 2010-yillardagi bir film nomida ULAR bilan birga toponimdan yasalgan soʻz ham tilga olinadi. Ushbu toponimni yozing.