Ushbu uchta transport vositasi juda koʻp umumiylikka ega, dastlabki ikkitasining nomida esa bir xil soʻz qatnashadi. Avstraliyalik Darren Pauell birinchisi yordamida 201 km/soat tezlikka erishdi, amerikalik Rojer Xiki ikkinchisi uchun 126 km/soat tezlik rekordini oʻrnatdi, Britaniya Virjiniya orollaridan Finian Meynard esa uchinchisi yordamida 90 km/soat natija koʻrsatdi. Ushbu uchta transport vositasini ayting.