2009-yilda "Christies" [kristis] auksion uyi "Sex Pistols" [seks pistols] guruhining 1978-yilgi konsert afishasini sotuvga qo'ydi. Afisha "Sex Pistols"ga xos bo'lgan "gazeta uslubi"da tayyorlangan edi. Biroq, tez orada afisha qalbakiligi ma'lum bo'ldi va lot savdodan olib tashlandi. Qalbakilikni aniqlashga 1995-yilda bir kompaniya xodimi tomonidan ishlab chiqilgan U yordam berdi. Ushbu kompaniyani ayting.