2007-yilda shveytsariyalik ayol bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtish va AQShga kirishda muammoga duch keladi. Chunki, ayolda gʻayrioddiy mutatsiya tufayli U boʻlmagan. 1997-yilda chiqqan “Qora kiyingan erkaklar” (“Men in Black”) filmida agent J (Jey) oʻzidagi 10 ta UNDAN qutilmoqchi boʻladi, biroq agentlik uning iltimosini rad etadi. Diqqat savol: U oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.