zakovatklubi.uz

2007-yilda Germaniyaning Nyurnberg universitetida gʻayrioddiy koʻrgazma boʻlib oʻtadi. Mehmonlar koʻrgazmada matematika oʻqituvchisi Gyunter Hessenauyer tomonidan 40 yil davomida toʻplangan Ulardan iborat ulkan kolleksiyani tomosha qilishlari mumkin edi. Oʻzining gʻayrioddiy kolleksiyasini toʻldirish uchun Hessenauyer oʻta eʼtiborli boʻlishiga toʻgʻri kelgan va baʼzan hatto chiqindi qutilarini tekshirishdan ham tab tortmagan. Vikipediyaga koʻra Ularning bomba, viki, garmoshka, arxivka kabi turlari bor. Diqqat savol: Hessenauyer nimalarni kolleksiya qilganini xorijiy soʻzda yozib bering.

Manba