[Boshlovchiga: Ivanovich familiyasida urgʻu ikkinchi boʻgʻinga — "A" harfiga tushadi; savol matnidagi barcha qoʻshtirnoq va koʻp nuqtalarga oʻqish paytida eʼtibor berilmasin; "iqtibos tugadi" iborasini oʻqish shart.] 2007-yil may oyida serbiyalik tennischis Ana Ivanovich rossiyalik Svetlana Kuznetsovani magʻlub etib, Berlindagi nufuzli chempionat gʻolibiga aylandi. Serbiyalik sportchining shaxsiy kundaligidan parchani tinglang: "Toʻpigʻimdagi jarohat tufayli oʻyinga diqqatimni jamlay olmadim. Qanday qilib gʻalaba qozonganimni oʻzim ham tushunmayman. Chamasi, meni "Molitva" (Ibodat) <...> ilhomlantirdi" [iqtibos tugadi]. Ushbu iqtibosda qaysi ism va familiyani tushirib qoldirdik?