Diqqat, savolda almashtirishlar bor. 2006-yil iyun oyi oxirida WTTC xalqaro tashkiloti bir mamlakatda turizm sohasining rivojlanishi haqida hisobot eʼlon qilib, u yerga keluvchi turistlar sonining keskin ortishini bashorat qildi. Hisobot "Yangi tadqiqot Marokash turizmining oʻsishini bashorat qilmoqda" deb nomlangan edi. Mualliflar bir necha haftadan soʻng bu nom qanchalik ikki maʼnoli yangrashini tasavvur ham qila olishmagan boʻlsa kerak. Ayting-chi, biz qaysi soʻzlarni "oʻsish" va "Marokash" soʻzlariga almashtirdik?