2006-yilgi jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turi yakunlangach, tarmoqda turli terma jamoalar oʻyini kofe keltirayotgan kotibalarning ishiga qiyoslangan maqola paydo boʻldi. Qaysi terma jamoa futbolchilarining oʻyini quyidagicha taʼriflangan: "Kabinetga saf tortib yurish qadami bilan kiradi. Bir tomchi ham toʻkmasdan stolga qoʻyadi. Saf tortib yurish qadami bilan chiqib ketadi. Buni ketma-ket toʻrt marta takrorlaydi. Stoldagi toʻrtta finjon kofe mukammal geometrik shaklni hosil qiladi"?