Mashhur firma tomonidan tashkil etilgan fototanlovlardan birida ishtirokchilarga BUNI pishloqdan qirib yasash, sut yuzasiga chizish yoki barmoqlar bilan koʻrsatish taklif qilingan. Tanlov nomi 2006-yilgi mashhur film nomidan oxirgi soʻzni firma nomi bilan almashtirish orqali hosil qilingan. Fototanlov nomini ayting.