2006-yilda "Kalchopolli" korrupsiya mojarosi natijasida "Yuventus" "skudetto"dan mahrum boʻldi, chempionlik esa "Inter"ga oʻtdi. Shu yilning 26-martida, "Kalchopolli" boshlanganining yilligida "Yuventus" "Inter"ni magʻlub etdi. Oʻyindan soʻng "Tuttosport" gazetasi italyan tilidagi oʻnta harfdan iborat neologizm boʻlgan sarlavha bilan chiqdi. Ushbu neologizmni yozing.