2005 yili italiyalik Luka Mori uyi joylashgan Parma shahri atrofini tomosha qilayotganida yonidagi joylardan farq qiluvchi toʻrtburchak joyni payqab qoladi. Bu yerni oʻrgangan arxeologlar qadimgi Rim davri villasini aniqlashgan. Luka Moridan ilhomlangan Skott Medri Burgundiyada bronza davridan to oʻrta asr davrigacha boʻlgan yuzlab joylar topgan. Avstraliyalik Devid Kennedi esa Saudiya Arabistoni hududidagi 1240 kvadrat kilometr joydan mingdan ortiq arxeologik qazishmalar oʻtkazilishi mumkin joylarni aniqlagan. Savol: Bu joylarni topilishiga yordam berganni 2 xorijiy soʻzda yozib bering.