zakovatklubi.uz

2005-yil AQSH prezidenti Jorj Bush rasmiy tashrif bilan Pekinga boradi. Oʻz nutqini yakunlagan J. Bush konferensiyalar zalini tark etish maqsadida eshik tomon boradi va dastlab oʻng tomondagi eshikni ochishga harakat qiladi lekin eshik ochilmaydi. Soʻngra chap tomondagi eshikni ochishga urinadi ammo narigi eshik ham ochilmaydi. Shunda, J.Bush yana jurnalistlar qarshisiga qaytadi va biroz oʻylanib turgandan soʻng orqa eshikdan chiqishga qaroq qiladi. Vaziyatni kuzatib turgan CNN muhbiri bir mashxur iborani sal oʻzgartirilgan variantda aytib oʻtadi. Savol: Siz iboraning originalida eslab oʻtiladigan familyani yozib bering.

Manba