2005-yilda Bazeldagi koʻrgazmada oʻziga xos eksponat namoyish etildi. Uning yaratuvchisi Janni Mottining fikricha, ushbu sanʼat asari rassomning Italiya bosh vaziri Silvio Berluskoni siyosatiga boʻlgan munosabatini hamda korrupsiya va mafiyaga qarshi noroziligini ifodalagan. Muallifning taʼkidlashicha, xomashyo plastik jarrohlik klinikalaridan birida olingan boʻlib, liposaksiya operatsiyasi chiqindisi boʻlgan. Bir daqiqadan soʻng eksponatning ikki soʻzdan iborat va boshqa bir operatsiya nomi boʻlgan nomini yozing.