2005-yil dekabr oxirida "Teleskop" gazetasida Rossiyada sodir bo'lgan voqeaga bag'ishlangan maqola chop etildi. Birinchi sahifadagi maqola anonsi quyidagicha edi: qora va oq kataklar fonida taniqli ayolning yirik plandagi surati, uning o'ng va chap tomonida esa bittadan erkak tasvirlangan edi. Anons nomi ikki so'zdan iborat bo'lib, ikkinchi so'z erkaklardan birining familiyasi (qaratqich kelishigida), birinchi so'z esa ikkinchi so'zning anagrammasi edi. Anons nomini ayting.