2005-yilda Malayziya hukumati tashabbusi bilan ushbu tanlovga start berildi. Tanlovda 11000 kishi ishtirok etdi. Ulardan faqat 894 nafari test bosqichiga yoʻllanma oldi. Bu yerda esa tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtgan va 3500 metr masofani 20 daqiqada bosib oʻtgan 200 kishi keyingi bosqichga oʻtdi. Gʻolibni esa xalq tanladi. Oʻtkazilgan SMS ovoz berish natijasida Shayx Muzaffar Shukur potensial “ankasavan” unvonini qoʻlga kiritdi. Oʻz mamlakati tarixiga esa ushbu shaxs 2007-yil 19-oktabrda kirdi. Qaysi nom bilan?