2004-yil kuzida QVZ jamoalaridan biri BMT majlisiga parodiya koʻrsatdi, unda AQSH dunyo xaritasidan olib tashlandi va boʻshab qolgan materikni koʻchirishga qaror qilindi. Afrikaga koʻchirilsa — yeb qoʻyishadi, Shimoliy qutbga — muzlab qolishadi, Rossiyaga — ichib yuborishadi, Hind okeaniga — choʻkib ketishadi deb eʼtiroz bildirildi. Yakunda Putin rolini ijro etgan QVZchi ikki maʼnoli taklif kiritdi va u qabul qilindi. Natijada dunyo xaritasida hech qanday oʻzgarish yuz bermadi. U Amerikani nima qilishni taklif qilganini aniq ayting.