2004-yil boshida Buyuk Britaniyada Birlashgan Qirollik fuqarolarining tarixiy bilimlarini aniqlash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazildi. Maʼlum boʻlishicha, britaniyaliklarning 57 foizi Qirol Artur haqiqatda mavjud boʻlganiga ishonishadi. Robin Gud va Konan-Varvarning haqiqiyligiga mos ravishda 27% va 5% inglizlar ishonadi. Shu bilan birga, inglizlar Gitler (11%), Mussolini (33%) va Uilyam Uollesni (40%) yozuvchilarning uydirmasi deb hisoblashadi. Tarixiy voqealar bilan bogʻliq holat ham qiziq. "Maymunlar sayyorasi"da tasvirlangan voqealarning haqiqiyligiga 1% britaniyalik, Xelm darasidagi jangga esa 3% ishonadi. Xoʻsh, qaysi adabiy urushning haqiqiyligiga eng koʻp inglizlar — 6% ishonishadi?