Savol muallifining tanishi boʻlgan maktab oʻquvchisi bir kitobni oʻqimoqchi boʻldi. Oʻqituvchisi unga kitob taqiqlanganini aytdi. Maktab kutubxonasida esa: yoʻq, taqiqlanmagan, lekin Isroil Taʼlim vazirligi tomonidan oʻqish tavsiya etilmagan kitoblar roʻyxatiga kiritilgan, deb aniqlik kiritishdi. Shunda u kitobning ekranizatsiyasini topishga qaror qildi. Bir videotekada unga 2004-yilgi hujjatli filmni, boshqasida esa 1966-yilgi badiiy filmni taklif qilishdi va u yerda nihoyat kitobning oʻzini koʻrdi, bu hatto mantiqiy edi. Ushbu kitob muallifini ayting.