2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida delegatsiyalar yunon alifbosi va mamlakatning yunoncha nomiga muvofiq oʻtishdi. Yunon tilini bilmaydigan tomoshabin ularning chiqish tartibidan hayratda qolishi mumkin edi. Masalan, savol muallifi sobiq ittifoq respublikalaridan birining delegatsiyasini Belgiya oldida koʻrishni kutgan edi. Bu sodir boʻlmagach, u respublika nomini yunonchaga tarjima qilishga urindi va uning vakillari yurishning oʻrtalarida paydo boʻlishi kerakligini tushundi. Ayting-chi, ular chiqishidan bevosita oldin qaysi davlat delegatsiyasi stadiondan oʻtgan?