2003-yilda Germaniya va Shveytsariya Reyn daryosi ustida qurgan koʻpriklarini birlashtirayotganda, tomonlardan biri ikkinchisidan balandroq ekani maʼlum boʻldi. Bunga sabab Germaniyadan farqli oʻlaroq Shveytsariyaning X ni oʻlchashga geografik sharoiti mos kelmasligi va shu sababli Fransiya standartlarini asos qilib olgani edi. X ni ikki soʻz bilan ayting.