2003-yil aprel oyi boshida baland binolarni zabt etuvchi mashhur "oʻrgimchak-odam" Alen Rober, odatdagidek, faqat qoʻllari yordamida "TotalFinaElf" kompaniyasiga tegishli Parij osmonoʻpar binosi devori boʻylab koʻtarildi. Politsiya uni an'anaga koʻra hibsga olishidan oldin, u bino tomiga ikki soʻzdan iborat shior yozilgan bayroqni oʻrnatishga ulgurdi. Xuddi shu shior uning maykasida ham bor edi. Ushbu shiorni oʻzbek yoki ingliz tilida ayting.