zakovatklubi.uz

2002 yilda chop etilgan “Buyuk isteʼdod sohiblari” nomli ixcham maʼlumotnomada 47 nafar yurtdoshimiz haqida maʼlumotlar berilgan. Kitobda har bir qahramonni qisqa nom bilan atashgan, masalan, “Algebraning otasi” — bu Xorazmiy, “Sodiq shogird” — bu Ali Qushchi, “Sahna sardori” — bu Abror Hidoyatov va h.k. Shu kitob asosida 3 ta blis savoli: 1.XVII asrning davlat arboblaridan biri boʻlgan bu hukmdor “Shajara tadqiqotchisi” deya atalgan. U kim? || 1904-1974 yillarda yashagan bu toshkentlik inson “Tabiat kuychisi” deya atalgan va Penzadagi maktabda oʻqigan. Uning ijodi rang-barangligi bilan ajralib turadi. Akademik Oybek domla biror goʻzal joyga borib qolsa, “Eh, bu yerda U boʻlsamidi” deya ilingan ekan. U kim? || 1908 yili Shofirkonda tugʻilgan bu olim “Vatanparvar faylasuf” deya atalgan hamda Gegel dialektikasi boʻyicha ilmiy ish yoqlagan. U totalitar tuzum davrida “Oʻrta Osiyo madaniyati tarixida Amir Temurning tutgan oʻrni” risolasini yaratib, katta jasorat hamda vatanparvarlik koʻrsatgan, shu bilan birga oʻz boshiga kulfat ham sotib olgan. U kim?

Manba