2002-yil sentyabr oyida Britaniya Qirollik Kimyo jamiyati ser Alek Jeffrisning "DNK-daktiloskopiyasi"ni yaratishga olib kelgan ishlariga yuqori baho berdi. Oktyabr oyida esa jamiyat rahbari David Jakardi jinoyatchilikka qarshi kurashda kimyoning foydasini ancha oldin isbotlagan boshqa bir shaxsni Faxriy aʼzo deb eʼlon qildi. Yangi aʼzoni qabul qilish marosimi London metrosining bekatlaridan biri oldida boʻlib oʻtdi. Uning ismi va familiyasini ayting.