Garvard universitetining ikki iqtisodchisi formula topganliklarini taʼkidlashmoqda. Undagi oʻzgaruvchilar: mamlakatning yalpi milliy mahsuloti, aholi soni, xaritadagi kengliklar, iqlim xususiyatlari va siyosiy rejimdir. 2002-yilda nazariyani amaliyot bilan solishtirganda, formula boʻyicha Germaniya uchun 31, Rossiya uchun esa 21 raqami olindi. Amaliyotda Germaniya uchun aynan shunday — 31 chiqdi, Rossiya uchun esa — bor-yoʻgʻi 16. Bu sonlar nimani anglatadi?